Buxoro viloyati soliq boshqarmasida “Soliq ma’murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning Buxoro viloyati soliq organlari faoliyatidagi natijalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Dilshod Yuldashev barcha sohalar kabi soliq ma’murchiligida ham keng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali soliq organlarining faoliyati samaradorligi va soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Бугунги kunda soliq tizimida inson omilisiz ya’ni dasturlarni o‘zi soliq to‘lovchilarning faoliyatini tahlil qilgan holda тадбиркорларni “Barqarorlik reytingi” doirasida toifalarga bo‘ladi.
“Barqarorlik reytingi”ni aniqlash uchun tadbirkorlik sub’ektlari haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi hamda ular faoliyati belgilangan mezonlarning har biri bo‘yicha reyting tizimi asosida baholab boriladi.
Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi tayinlanadi. Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq ma’murchiligi tadbirlari qo‘llaniladi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i soliq ma’murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning Buxoro viloyati soliq organlari faoliyatidagi natijalariga alohida to‘xtaldi.
Jumladan, kameral tekshiruvi soliq to‘lovchilarning 3,7 foizida o‘tkazilgan. 2025 yil yanvar-aprel oylarida kameral soliq tekshiruvlari natijasida Buxorodagi 1 156 ta soliq to‘lovchida 325,2 milliard so‘mlik tafovutlar aniqlangan hamda ushbu soliq to‘lovchilarga tafovutlar to‘g‘risidagi talabnomalar yuborilgan.
Soliq tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash jarayonlari fuqarolarimiz va jamoatchilik vakillarining soliq madaniyatini yanada yuksaltirish va bu borada soliq huquqbuzarliklarini oldini olishga xizmat qilmoqda.
Matbuot anjumanida yig‘ilganlarga Buxoro viloyatidagi 544 ta mahallaga biriktirilgan 261 nafar soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.
[gallery-23776]
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida “mahallabay” ishlash tizimi orqali 79 ta bo‘sh turgan ob’ektlar ishga tushirildi. 2 665 ta vaqtincha qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati qayta tiklandi. 5 789 ta korxonaning jami 4 650 nafar norasmiy ishchilari legallashtirildi (buning hisobiga 1,8 milliard so‘m qo‘shimcha daromad solig‘i byudjetga tushishi ta’minlandi). 2 721 ta (xatlov natijasida) noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar yangidan ro‘yxatdan o‘tdi. 73 855 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilindi (mahalla yettiligi bilan birgalikda). 11 246 ta qo‘shimcha ob’ektlar aniqlandi (buning hisobiga byudjetga jami 9,9 milliard so‘m mol-mulk va yer solig‘i tushumi ta’minlandi). Jismoniy shaxslarning turar joy ob’ektlari bo‘yicha mahalla byudjetiga jami 12,8 milliard so‘m tushum ta’minlandi.
Tadbirda jurnalistlar va blogerlarning mavzuga oid savollariga atroflicha javob berildi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.