Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq tekshiruvlariga oid qarorlar ustidan nizolashish nega kamaymayapti?
17:23 / 2025-11-21

Oliy sudda tovarlarning bozor qiymatini aniqlashga oid qonun normalarini qo‘llash masalalari muhokama etildi. Unda sudyalar, soliqchilar, soliq maslahatchilari hamda boshqa manfaatdor tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Oliy sud raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov ta’kidlaganidek, bozor iqtisodiyotini izchil rivojlantirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratish jarayonida soliq tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish borasida ham izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Biroq, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar ustidan nizolashish hanuzgacha yuqori darajada qolmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 248-moddasi (soliq bazasini aniqlash tartibi) 4-qismida tovarlarning bozor qiymatini aniqlash tartibi aniq belgilab qo‘yilmagani sababli huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha talqinlar vujudga kelmoqda. Bu holat esa nizolarni hal etishda muayyan huquqiy noaniqliklarni keltirib chiqarmoqda.

Ishtirokchilar tomonidan ushbu masalaga doir bildirilgan fikr-mulohazalar asosida amaliyotda qo‘llashda bir qator huquqiy va amaliy muammolarga duch kelayotgan mazkur normaga oid aniq va yagona yondashuvni ishlab chiqish, bu boradagi bahsli holatlarni bartaraf etish yuzasidan yagona xulosani shakllantirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA