English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qonunchiligini qo‘llash va yagona sud amaliyoti
15:50 / 2023-04-11

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyat sudida Oliy sud Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda sudlar tomonidan soliq nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy sud sudyalari, Davlat soliq qo‘mitasi va Farg‘ona viloyat prokuraturasi vakillari, Farg‘ona viloyati sudlarining iqtisodiy, ma’muriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari, shuningdek, soliq organlari xodimlari ishtirok etdi.

[gallery-11382]

Seminarda amaliyotdan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlari, soliq hisoblash, moliyaviy jarima va imtiyozlarni qo‘llash hamda soliq organlarining qarorlari asosida soliqlarni undirishdagi xatoliklarga oid muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA