Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlarga tushuntirildi
18:04 / 2025-12-29

FOTOREPORTAJ

Samarqand shahrida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 10 dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga kengroq tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

700 nafardan ortiq tadbirkor bilan bevosita hamda onlayn tarzda hududlardagi soliq to‘lovchilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida soliqqa oid o‘zgarishlar mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirildi.

[gallery-26948]

Jumladan, Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i F. Boboyev, Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i - Raisning matbuot kotibi T. To‘rayev Farmonda belgilangan asosiy yo‘nalishlar — naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda biznes faoliyatida shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlar qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lish barobarida o‘z faoliyatiga doir savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Alisher ISROILOV(surat),O‘zA