Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qonunchiligida yagona yondashuv joriy etilmoqda
15:24 / 2026-02-17

Toshkent shahrida oflayn va onlayn formatda «Soliq forumi – 2026» bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum davlat va biznes o‘rtasida ochiq, shaffof va mazmunli muloqotni ta’minlovchi zamonaviy professional platforma hisoblanadi.  

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan  qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolarining faol ishtiroki asosida tashkil etildi.

Forum davlat organlari rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari, ekspertlar va jamoatchilik vakillarini soliq siyosati hamda soliq ma’muriyatchiligining dolzarb masalalarini muhokama qilish atrofida birlashtirmoqda. Ushbu maydon ochiq muloqot, amaliy takliflar va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbirda Soliq qo‘mitasi, iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy sud, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman instituti hamda boshqa qator idoralar vakillari ishtirok etdi.  

Shuningdek, forum doirasida yirik soliq to‘lovchilar, moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, soliq maslahatchilari, auditorlar va soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislar qatnashdi.

Forumning asosiy maqsadi soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish, raqamli xizmatlarni izchil rivojlantirish, shuningdek, shaffof, tushunarli va barqaror ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga qaratilgan amaliy va kelishilgan yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

[gallery-27705]

Plenar muhokamalar davomida soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, soliq qonunchiligini qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va yagona metodologik yondashuvlarni shakllantirish, soliq nizolarini hal etishning samarali sudgacha va sud mexanizmlarini rivojlantirish, biznes muhitiga ta’sir etuvchi soliq siyosatidagi asosiy tendensiyalar va yangilanishlar kabi strategik yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar tomonidan amaliy keyslar ko‘tarilib, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammoli jihatlar atroflicha tahlil qilindi. Shu asosda normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.

Forum dasturining muhim qismi sifatida 2025-yil yakunlari bo‘yicha «Eng ko‘p soliq to‘lagan tadbirkorlik sub’ekti», «Eng ko‘p fiskal chek bergan tadbirkorlik sub’ekti», «Eng katta eksport hajmini amalga oshirgan tadbirkorlik sub’ekti», «Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ekti», «Eng intizomli soliq to‘lovchi», «Eng yosh tadbirkor», «Namunali mahalla» kabi nominatsiyalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.  

«Soliq forumi – 2026» davlat va tadbirkorlik jamoatchiligi o‘rtasida ochiqlik, sheriklik va konstruktiv hamkorlik tamoyillariga sodiqlikni yana bir bor namoyon etdi. Mazkur forum mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va soliq tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

— Soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari shaffoflikni kuchaytirish, raqamli xizmatlarni kengaytirish va tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishdan iborat, – deydi Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov. – Forum ana shu ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun professional maydon vazifasini bajarmoqda.

Forumda soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, yagona metodologik yondashuvni joriy etish va sudgacha hamda sud orqali samarali nizo hal qilish mexanizmlari muhokama qilindi

Shahnoza Mamaturopova,  

Alimurod Madaminov (surat), O‘zA