French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qonunchiligi: o‘zgarishlar va natijalar
15:35 / 2026-01-08

Har yilning yakunida keyingi yil uchun soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda byudjet parametrlari tasdiqlanadi. Ushbu o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni biznes vakillariga yetkazish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududlarda seminarlar o‘tkazilmoqda.

Viloyatning Kogon va Qorovulbozor tumanlari hamda Kogon shahri tadbirkorlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2026 yilga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasi doirasida qonunchilikka kiritilgan asosiy o‘zgartirishlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda 200 ga yaqin biznes vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda 2026 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, biznes vakillari uchun berilgan soliq imtiyozlari hamda Davlatimiz rahbarining 2025 yil 10 dekabrdagi farmonining mazmun-mohiyati misollar orqali keng tushuntirildi. Tadbirda soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yig‘ilganlarga ko‘rgazmali tarqatma materiallar orqali sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. 

Samimiy va ochiq tarzda o‘tgan muloqotda tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Uchrashuvlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham o‘tkaziladi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.