Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qo‘mitasiga quyosh paneli o‘rnatgani uchun yer va mulk solig‘i imtiyozini qo‘llashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qo‘yildi
17:18 / 2024-08-12

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida Prezident qator topshiriqlar berdi.

Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.

Soliq qo‘mitasiga quyosh paneli o‘rnatgani uchun yer va mulk solig‘i imtiyozini qo‘llashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qo‘yildi.

Suyultirilgan gazni aholiga xususiy sektorni keng jalb qilgan holda yetkazib berish masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi.

O‘zA