Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qo‘mitasi raisi kubogi uchun bellashuv
18:41 / 2024-08-01

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida stol tennisi bo‘yicha mahallalararo havaskor sportchi yoshlar o‘rtasida “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Respublika Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligidagi mazkur musobaqalar Namanganda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Musobaqalarda viloyatdagi mavjud 788 ta mahalladagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qamrab olingan.  

Navbatdagi “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” uchun bellashuvlar To‘raqo‘rg‘on tumanida ham qizg‘in ruhda kechdi. Musobaqaning hududiy bosqichida tumandagi 67 mahalladan kelgan 350 nafardan ziyod ishtirokchi o‘z mahorati va iqtidorini sinab ko‘rdi.  

– Yoshlardagi shijoatni ko‘rib, ko‘pchilik muxlislar qatori juda hayajonlandim, – deydi Soliq qo‘mitasi Raisi maslahatchisi Gavhar Muqaddasova. – Maqsadimiz mahalladagi aholining bo‘sh vaqtini ko‘proq sportga jalb etish orqali ularni salomatligini mustahkam bo‘lishiga o‘z hissamizni qo‘shish va stol tennisini yanada keng ommalashtirishdan iborat. Quvonarlisi shundaki, bunday sport musobaqalarining o‘tkazilishi yosh avlod vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga turtki beradi.  

Bahslar natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan havaskor sportchilarga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Shuhratali Imomov tomonidan diplom, qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.