Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qarzlari undirilmoqda
16:13 / 2022-09-30

Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan katta miqdordagi soliq qarzi mavjud korxona va tashkilotlarning mol-mulklari xatlovga olinib, qarzni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Har bir soliq to‘lovchining asosiy majburiyatlaridan biri soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash bo‘lib, bu ishni orqaga surishga haqqi yo‘q. Soliq qarzini belgilangan muddatda to‘lamagan yoki to‘liq to‘lamagan taqdirda bu qarzni undirish soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan katta miqdordagi qarzdorligi mavjud bo‘lgan korxonalarning qarzi evaziga ular ixtiyoridagi avtotransport vositalari, bino va inshootlar soliq kodeksining 114-moddasiga asosan xatlovga olinmoqda.

– Yuridik shaxslar davlat solig‘ini paysalga solmay o‘z vaqtida to‘lab qo‘yganida edi, bugun bunday ahvolga tushib o‘tirmasdi, – deydi Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov. – Davlat soliq xizmati idoralari xodimlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliqlarni yig‘ish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Soliq qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lash – aholi manfaatlarini himoya qilish demakdir.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA