Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasi qarori asosida Nukus tumanidagi “Max Service Gaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 2,6 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzini undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu qaror ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini ta’minlamaslik oqibati tushuntirildi.
– Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, uning nomida aniqlangan metan gaz quyish shoxobchasi tegishli tartibda xatlovga olindi. Xatlangan mulk jami 7 milliard 656,5 million so‘mga baholanib, elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarildi, – deydi Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi davlat ijrochisi Dinara Allaniyazova.
Ushbu mulk o‘tkazilgan auksion savdosida 3 milliard 828 million so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘i qarzdorning davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini qoplashga yo‘naltirildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri