Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qarzdorligi kamaymoqda
12:56 / 2023-01-10

Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi soliq qarzlarini undirishni tashkil qilish bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qarzdorlarning mol-mulklarni xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarga 80 nafardan ortiq xodimlar jalb etilgan. Unda qarzdor korxonalarning transport vositalari, noturar bino-inshootlari hamda boshqa mulklari xatlandi. Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida joriy yil davomida 536,3 milliard so‘m soliq qarziga ega 5 ming 356 ta ob’ekti mavjud. Hududlar bo‘yicha 3 ming 996 ta holatda jami 356,3 milliard so‘mdan ortiq tegishli tartibda mablag‘ undirildi. Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan qarzdorligi hisobiga 755 ta bino va inshoot, 381 ta transport vositalari va 4 ming 220 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi.  

Ta’kidlash lozimki, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir.  

 

A.MUSAEV,  

O‘zA.