Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq organlari foydasiga 26,9 miliard so‘m undirildi
22:05 / 2024-02-23

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida soliq organlari foydasiga undiruv bilan bog‘liq 4,5 mingdan ortiq ijro hujjati tamomlanib, 26,9 milliard so‘m amalda undirilgan.

Shuningdek, qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 33,5 milliard so‘mlik 421 ta mol-mulk xatlovga olingan. Shundan 10,8 milliard so‘mlik 23 ta mol-mulk savdoga chiqarilgan. 

Misol uchun, “Firdavs Islom Sabzavot” hamda “Sanobar Samad Sabrina” MCHJlar davlat oldidagi 250 million so‘m soliq qarzlarini to‘lamaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Natijada ularga tegishli issiqxona xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.