Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi
14:01 / 2022-08-05

Joriy yilning 4 avgustida «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Qonunga muvofiq, soliq maslahatiga oid faoliyat deganda soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat tushuniladi.

Soliq maslahati bir qator xizmatlarni, jumladan, mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlash bo‘yicha maslahat berish, sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.

Soliq solish masalalari bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish, sudda va boshqa davlat organlarida vakillik qilish soliq maslahati hisoblanmaydi.

Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.

O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilarining, soliq maslahatchilari tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligi asosida tashkil etiladigan kasbiy birlashmasi hisoblanadi.

Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisi bo‘ladi.  Malaka imtihonini topshirish uchun ariza bilan Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qilinadi.

Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach, kuchga kiradi.


O‘zA