Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq madaniyati – sizdan, bizdan boshlanadi!
14:22 / 2025-11-19

Camarqand viloyati Urgut tumanida Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan “Mening solig‘im – yurtim iqboli” shiori ostida navbatdagi aksiya o‘tkazildi.

Tadbir Urgut tumani markaziy bozori oldida – hayotning qaynoq nuqtasida tashkil etilgani ham bejiz emas. Bu yerda har kuni yuzlab tadbirkorlar, xaridorlar, yoshlar va keksa avlod vakillari uchrashadi. Shu jihatdan ham aksiyaning asosiy maqsadi – soliq madaniyatini odamlar bilan yuzma-yuz muhitda targ‘ib etishga qaratildi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar, tadbirkorlar va faol fuqarolar soliqlarning ahamiyati, davlat taraqqiyotidagi o‘rni va har bir fuqaroning mas’uliyati haqida qiziqarli suhbatlar va amaliy misollar orqali ma’lumotga ega bo‘ldilar. 

Shuningdek, Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish, hisob-kitoblarni kuzatish va soliq majburiyatlarini elektron shaklda bajarish imkoniyatlari namoyish etildi. Ishtirokchilar ilovadan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

[gallery-26319]

Aksiya davomida ayrim fuqarolar o‘z soliq to‘lovlarini shu yerning o‘zida amalga oshirib, qulaylikni amalda his etdilar. Bu esa aksiyaning eng muhim natijalaridan biri bo‘ldi – soliq to‘lash madaniyatini yanada jonli, faol va oddiy tarzda xalq orasiga yetkazish.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA