Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq ma’murchiligi – farovonlik omili
17:05 / 2015-02-02

Buxoroda Prezidentimizning 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz soliq qonunchiligi, soliqqa tortish tartibotiga kiritilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda Prezidentimizning 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz soliq qonunchiligi, soliqqa tortish tartibotiga kiritilgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimligi mutasaddilari, korxona va tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, prokuratura hamda bojxona idoralari vakillari ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ilgari surilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur’atlari har tomonlama chuqur va puxta o‘ylangan izchil soliq va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanayotgani ta’kidlandi. 

Qayd etilganidek, keyingi yillarda soliq yuki bosqichma-bosqich kamaytirib borilmoqda. Masalan, joriy yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga tushirildi. 

– Korxonamizda ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib borayotir, – deydi Buxoro tumanidagi “Rosteksstroy” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi bosh hisobchisi Hikmat Ismatov. – Bunda soliqning ma’murchilik ahamiyati katta bo‘lmoqda. O‘tgan yili soliq imtiyozlari evaziga hisobimizda 111 million so‘m mablag‘ qoldi. Bu sarmoya ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirildi. 

Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada yaratilgan soliq imtiyozlaridan foydalanib, milliy hunarmandligimiz rivojiga hissa qo‘shayotgan ustalarning mahsulotlari namoyish etildi.