Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq islohotlarini davom etmoqda...
17:28 / 2020-01-25

Asosiy oʻzgarishlardan yana biri sifatida endilikda tadbirkorlik subyektlari yagona ijtimoiy toʻlovni 12 foiz miqdorda toʻlaydilar, bunga qadar eski tahrirdagi soliq kodeksi bilan taqqoslanganda ushbu toʻlov miqdori muqaddam 25 foizni tashkil etgan.


Mamlakatimizda 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yoʻnalishida soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashda yangi tahrirdagi soliq kodeksi alohida ahamiyatga egadir.

2020-yilning 1-yanvar kunidan qonuniy kuchga kirgan va 21 boʻlim, 71 bob, 480 moddadan iborat yangi tahrirdagi soliq kodeksi asnosida soliq qonunchiligida bir qator yangi qoida va normalar oʻz aksini topdi. Quyida ushbu asosiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim yetiladi:

Yangi soliq kodeksining oʻziga xos jihatlaridan biri — unda ilk bor soliq organlarining huquq va majburiyatlari belgilandi, shuningdek soliq munosabatlari doirasida qonun hujjatlarini toʻgʻri bajarish maqsadida soliq toʻlovchilar bilan hamkorlik qilinishi shartligi kabi tamoyil oʻrnatildi. Shu bilan birga endilikda soliq organlari ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni oʻz vaqtida qaytarish jarayoni takomillashtirildi. Ushbu normalar bevosita soha xodimlarining soliq toʻlovchilar oldida masʼuliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.

Endilikda soliq tekshiruvlarining 13 ta turi qisqartirildi va tekshiruv turlari quyidagi koʻrinishga keltirildi:

a) kameral soliq tekshiruvi; b) sayyor soliq tekshiruvi; v) soliq auditi.

Eʼtibor qilinishi lozimki, soliq auditini oʻtkazishda zaruriy shart sifatida davlat soliq xizmati organlari mazkur tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilishi lozimligi belgilandi.

Endilikda yuqorida havola etilgan tekshirishlarning barchasi inson omilisiz faqat “Tahlika-tahlil” dasturi asosida 3 ta segmentga boʻlish asosida amalga oshiriladi. Bunda soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari 42 ta mezon asosida 3 segmentga, yaʼni, “vijdonli”, “shubhali” va “muntazam huquqbuzarlar”ga ajratgan holda ular bilan alohida faoliyat tashkil etish yoʻlga qoʻyiladi.

Amaldagi yangi soliq kodeksining eʼtiborga molik jihatlaridan yana biri shundaki, endilikda soliq idoralari jarimalarni profilaktik tadbirlar oʻtkazgandan keyingina qoʻllay oladilar, bu esa soliq munosabatlariga kirishgan soliq toʻlovchilarga oʻz faoliyatidagi bildirilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida tuzatishga imkon beradi.

Yangi kodeksga asosan soliq turlarining soni 13 tadan 9 tagacha kamaytirildi va soliq toʻlovchilarga soliq rejimini tanlash, ularni toʻlash tartibida qonuniy belgilangan imtiyozlar taqdim etilmoqda.

Chunonchi, endilikda yakka tartibdagi tadbirkor soliq toʻlash tartibini tanlash jarayonida soliqni qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlash yoxud jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya asosida toʻlashi mumkin.

Asosiy oʻzgarishlardan yana biri sifatida endilikda tadbirkorlik subyektlari yagona ijtimoiy toʻlovni 12 foiz miqdorda toʻlaydilar, bunga qadar eski tahrirdagi soliq kodeksi bilan taqqoslanganda ushbu toʻlov miqdori muqaddam 25 foizni tashkil etgan.

Amaldagi soliq kodeksi bilan endilikda tadbirkorlar uchun pulli yoki bepul asosda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ ishtirokisiz soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishning yangi shaffof mexanizmi joriy qilinayapti. Ushbu imkoniyatni taqdim qilish vakolatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga berilishi nazarda tutilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Navoiy viloyati xodimlari tomonidan yangi soliq islohotlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga seminar-treninglar tuman-shaharlar kesimida tashkillashtirilmoqda.

Muxtasar aytganda, yangi tahrirdagi soliq kodifikatsiyasining ishlab chiqilishi — iqtisodiy dastaklardan biri boʻlgan soliq qonunchiligini takomillashtirish bilan birga, insofli va halol tadbirkorlik faoliyati ragʻbatlantirilishining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bekzod Mirzayev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Navoiy viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi masʼul xodimi