Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq imtiyozlaridan unumli foydalangan tadbirkor o‘zini ham, davlatni ham boy qiladi
18:55 / 2025-04-19

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov tomonidan Qarshi tumanida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda soliq qonunchiligiga oid o‘zgarish va yangiliklar haqida so‘z yuritilib, xususiy sektor vakillarining mavjud muammo hamda takliflari o‘rganilmoqda.

Uchrashuv avvalida kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ushbu tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar hamda soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar qildi.

Jumladan, “Koson yog‘ kombinati” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh hisobchisi Umar Jabborov murojaat qildi. U o‘z murojaatida jamiyat tomonidan joriy yilning mart oyida bino sotib olinganligi va aprel oyidan egalik huquqi berilganligini bildirdi. Lekin mart oyidan mol-mulk va yer soliqlari hisoblanganligini bildirib, ushbu masala yechimi yuzasidan amaliy yordam so‘radi.

Murojaat bo‘yicha mutaxassislarning izohlari tinglanib, uning yechimi yuzasidan aniq vaqt va muddatlar belgilab olindi.  

Uchrashuvda ishtirokchilarning soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, soliq hisobotini qayta ko‘rib chiqish va boshqa masalalarga doir 10 dan ortiq muammolari hal etildi.

[gallery-22909]

Tadbir doirasida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir qator tadbirkorlar alohida e’tirof etilib, “Eng intizomli soliq to‘lovchi”, “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkorlik sub’ekti”, “Eng ko‘p soliq to‘lagan tadbirkorlik sub’ekti”, “Eng yosh tadbirkor” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari