Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq foydasiga qarzdorliklarni undirish tadbirlari davom etmoqda
22:09 / 2023-11-21

Toshkent shahar prokurorining tashabbusi bilan Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar va tuman bo‘limlari hamda soliq idoralari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh tomonidan soliq foydasiga qarzdorliklarning undirilishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Byuroning Toshkent shahar va tuman bo‘limlarida yil boshida jami 41 ming 812 ta 4 trillion 606 milliard 473 million so‘mlik ijro hujjatlari mavjud edi. Shundan hozirgi kunga qadar 3 trillion 964 milliard 676 million so‘mlik 25 ming 58 ta ijro ishlari tamomlangan. Amalda 12 ming 246 ta ijro ishi bo‘yicha 1 trillion 577 milliard 878 million so‘m undirilgan.

Xususan, joriy yilning 11-17 noyabr kunlari Byuroning Toshkent shahar va tuman bo‘limlari tomonidan 156,7 mlrd. so‘mlik 1050 ta ijro ishlari tamomlangan hamda amalda 470 ta ijro ishi bo‘yicha 90,6 mlrd. so‘m undirilgan bo‘lib, 55 ta 6,8 mlrd. so‘mlik avvtotransport vositalari, 16 ta 13,7 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulklar xatlanishi ta’minlanishiga erishilgan.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2023 yil 14 iyuldagi qaroriga asosan qarzdor “MEXANIZATSIYA SERVIS” MCHJdan undiruvchi davlat soliq boshqarmasi foydasiga 131.860.276 so‘m soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan mavjud qarzdorlik qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda to‘lanmagani sababli, Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli avtokran xatlanib, band solindi. Shuningdek, vaqtincha saqlash uchun Sergeli tumanidagi 9-sonli avtomobillar saqlash maydonchasiga qo‘yildi.

Mavjud qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmagan taqdirda xatlangan avtokran vositasi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ orqali sotilishi haqida qarzdor ogohlantirildi.

 

O‘zA