Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
15:57 / 2025-12-09

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasida 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Unda huquqni muhofaza qilish idoralarining mutaxassislari, tadbirkorlar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilarga sohadagi yangiliklar, imtiyozlar, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, soliq idoralarida “korxonabay” va “mahallabay” ishlash tizimlari faoliyati samaradorligi borasida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab 9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni (International Anti-Corruption Day) sifatida nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunni belgilashdan maqsad  korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunish va unga qarshi kurashish hamda uning oldini olishdan iboratdir.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 95 marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha turli mavzularda uchrashuv va davra suhbati tashkil etilgan.

[gallery-26640]

Uchrashuvda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator tadbirkorlarga soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borgani, yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgani va boshqa hamkorliklardagi faolligi uchun boshqarma boshlig‘ining “Tashakkurnoma”si topshirildi.

Tadbirda talabalar soliq xizmati organlari xodimlari faoliyati bilan tanishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA