Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq bilimdonlari aniqlandi
14:43 / 2026-02-27

FOTOREPORTAJ

Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida soliq madaniyatini shakllantirish, ularning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash hamda soliqlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqidagi tushunchalarini kengaytirishga qaratildi.

Tanlovda 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, soliqlarning mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi, yurt tinchligi va aholi farovonligini ta’minlashdagi ahamiyatiga oid bilim va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdi.

Ko‘rik-tanlov uch yo‘nalish — insho, rasm va videoroliklar bo‘yicha o‘tkazildi.

[gallery-27894]

Natijalarga ko‘ra, insho yo‘nalishida Asaka tumanidagi 13-maktab o‘quvchisi Mohichehra Sobirova birinchi o‘rinni egalladi. Rasm yo‘nalishida Marhamat tumanidagi 10-maktab o‘quvchisi Soliha Abdumuxtorova g‘olib deb topildi. Videoroliklar yo‘nalishida esa Izboskan tumanidagi 5-maktab o‘quvchisi Xosiyatxon Ibrohimova eng yuqori natijani qayd etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA