Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohil voleyboli bo‘yicha Respublika turniri yakunlandi
15:33 / 2025-09-23

Poytaxtimizda sohil voleyboli bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rasida o‘tkazilgan Respublika turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan 8 ta erkaklar, 10 ta ayollar jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Shiddatli kechgan bahslar natijasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yigit va qizlari g‘oliblikni tantana qilgan bo‘lsa, ayollar jamoalari orasida Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi voleybolchi qizlari sovrindorlikka erishdi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, Qashqadaryo hamda Jizzax jamoasi voleybolchilari 2 va 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. Turnir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA