FOTOREPORTAJ
Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan yoshlar festivali Qarshi shahridagi Sohil sayilgohida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostidagi davom etdi.
Tadbirga har bir tuman (shahar)dan Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan 500 nafardan o‘g‘il-qizlar taklif etildi.
Tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib bergan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bemisl ekanini ta’kidlab, barchani bu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi hamda muvaffaqiyatga erishgan bir guruh faol yoshlarga pul mukofoti topshirdi.
Festival estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.
[gallery-7705]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA