French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SOHIL FUTBOLI: “Sevinch” ilk bor sovrindan “quruq” qoldi
15:41 / 2018-10-12

Qarshining “Sevinch” ayollar jamoasi katta futbolda ham, minisida ham hattoki sohilida ham doim birinchi boʻlib kelgandi, bu safar esa...


Qarshining “Sevinch” ayollar jamoasi katta futbolda ham, minisida ham hattoki sohilida ham doim birinchi boʻlib kelgandi, bu safar esa...

Mamlakatimizda sohil futboli boʻyicha rasmiy musobaqa oʻtkazish mumkin boʻlgan yagona sohil maydoniga ega Qarshidagi “Geolog” sport majmuasida ayollar oʻrtasida sohil futboli boʻyicha viloyat birinchiligi tashkil etildi.

Bir paytlar, aniqrogʻi olti-yetti yillar avval bu maydonda nafaqat erkaklar, balki ayollar oʻrtasida ham Respublika miqyosidagi rasmiy chempionat va Kubok oʻyinlari oʻtkazilar, unda oʻn beshtaga yaqin jamoalar oʻzaro kuch sinashishar edi. Ayollar futbolining barcha koʻrinishlarida yagona gʻolib hisoblangan “Sevinch” qizlari sohil futbolida ham barcha sovrinlarni begona qilmagandi.

Yaqinda mazkur maydonda avvaliga erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi, biroz oʻtgach mamlakat chempionati, undan keyin esa viloyat birinchiligi tashkillashtirilganligidan xabaringiz bor. Bu gal viloyat miqyosidagi turnir ayollar oʻrtasida oʻtkazildi. Viloyat futbol assotsiatsiyasi (vitse-prezidenti Norqul Daminov) tashabbusi bilan tashkil etilgan turnirda uchta jamoa ishtirok etdi. 

Eʼtiborli tomoni, shu paytgacha ayollar futboli boʻyicha istalgan koʻrinishdagi musobaqalarda – katta futbol, mini va sohil futbollarda “Sevinch” jamoasi oʻn besh yildirki bosh sovrinlarni deyarli hech kimga bermagandi. Bu gal esa uch jamoa orasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Sababi, musobaqada “Sevinch” klubining uchichni darajadagi tayyorlov guruhi qizlari ishtirok etishdi, asosiy va oʻrinbosarlar tarkibidan hech kim kiritilmadi. Shunda ham yosh futbolchi qizlar oʻyinlarning asosiy vaqtlarida raqiblariga yengilishmadi, aksincha, faqat penaltidan omadi kelmadi. Ikkichni oʻyinni esa gʻalaba bilan tugatishdi.

Musobaqada “Sevinch”dan tashqari Kasbi tumanining Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamda Bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari oʻzaro kuch sinashishdi.

Oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Sevinch” – BOʻSM (Kasbi) – 1:1. P.b. 0:1

BOʻFM (Kasbi) – BOʻSM (Kasbi) - 0:2

“Sevinch” – BOʻFM (Kasbi) – 3:2.

Gʻolib va ishtirokchi jamoalarga viloyat futbol assotsiatsiyasining diplomlari, medallari va esdalik sovgʻalari topshirildi.