English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohil futboli: “Nasaf” jamoasi musobaqadan chetlashtirildi
10:54 / 2018-09-05

Sohil futbolida mamlakat chempionati start oldi


Sohil futbolida mamlakat chempionati start oldi.

a9903a4f-e9b6-46b9-9823-d9462e961a26.jpg

Bundan oʻn yillarcha oldin Oʻzbekistonda sohil futboliga tamal toshi qoʻyilgandi. Odatda dengiz yoki okean qirgʻoqlarida, tabiiy sharoitda oʻtkaziladigan futbolning bu turi mamlakatimizda katta suv sohilida boʻlmasa-da, kichik, sunʼiy koʻl boʻyida – “Geolog” sport majmuasi hududidagi choʻmilish havzasi yonginasida, “Shoʻrtangazkimyo” majmuasining oʻsha yillardagi sportsevar rahbarlari tashabbusi bilan ixchamgina sohil futboli maydonchasi barpo etildi. Qisqa muddatda u yerda mamlakat miqyosidagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi. Ayollar va erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati va Kubogi turnirlari katta tayyorgarlik bilan tashkillashtirilar, unda Respublika boʻyicha oʻndan ziyod jamoa ishtirok etardi. Bu tashabbus besh-olti yil davom ettirildi. Nima boʻldiyu, barchasi barham topdi.

e199acf8-662a-4749-9342-c5c9e4fce8be.jpg

Oradan yana besh yil oʻtib, qachonki Oʻzbekiston futboli assotsiatsiyasida islohotlar boshlangach, bu yil mazkur sport turi yana “nafas” ola boshladi. Yodingizda boʻlsa, bundan bir oy muqaddam mazkur maydonda Oʻzbekiston Kubogi musobaqasi oʻtkazilgan, oʻn ikkita jamoa ishtirok etgan rasmiy turnirda Buxoroning “Kogon” jamoasi bosh sovrin sohibi boʻlgandi. Mana, endi navbat mamlakat chempionatiga keldi.

Kubok oʻyinlarida uch viloyatdan jami oʻn ikkita jamoa qatnashgandi, bu galgi bahslarda esa toʻrt viloyat vakillaridan iborat oʻn toʻrtta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boryapti.

Bular, “A” guruhi – “Adolat” (Qashqadaryo viloyat xavfsizlik xizmati xodimlari);

“Mashʼal” (Pro-ligadagi “Mashʼal” futbol akademiyasi murabbiylari);

“Binokor” (Qashqadaryo birinchiligi ishtirokchisi);

“Huquq” (Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari).

“V” guruhi – “Olimpiya” (Jizzax viloyati olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy va tarbiyalanuvchilari);

“Olimpiya” (Qarshi sport zaxiralari kolleji murabbiylari);

“Lokomotiv” (Qarshidagi shu nomdagi sport klubi);

“Nasaf” (Superligadagi “Nasaf” futbol akademiyasi murabbiylari).

“S” guruhi – “Kogon-2” (Buxoro viloyati Kogon shahridagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari);

“Nishon” (shu tumanning viloyat birinchiligi qatnashchisi);

“Koson” (shu tumanning viloyat birinchiligi ishtirokchisi);

“D” guruhi – “Samarqand” (Samarqand viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar murabbiylari terma jamoasi);

IBOʻSM (Qarshidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiylari);

“Oq oltin” (Gʻuzor tumani viloyat birinchiligi ishtirokchisi). 
Kecha start olgan chempionatda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Adolat” – “Huquq” – 3:1

“Mashʼal” – Binokor” – 2:3

“Jizzax” – “Nasaf” ...

“Olimpiya” (Qarshi) – “Lokomotiv” – 4:1

“Nishon” – “Koson” –4:4. P.b. 0:2

IBOʻSM – “Oq oltin” – 5:4

“Mashʼal” – “Huquq” – 3:3. P.b.1:0

“Adolat” – “Binokor” – 5:2

“Olimpiya” (Jizzax) – “Lokomotiv” – 5:0

“Olimpiya” (Qarshi) – “Nasaf” ...

“Samarqand” – IBOʻSM – 4:3

“Nishon” – “Kogon -2” ...

Ramziy maʼnoda musobaqa mezbonlari – “Nasaf” jamoasi ketma-ket ikkita oʻyinga kelmagani uchun musobaqadan chetlashtirildi. Dastlabki oʻyinda magʻlubiyatga uchrab, musobaqani davom ettirish imkoniyatlari pasayib ketgan “Nishon” jamoasi ham ikkinchi oʻyinga kelmaslikni maʼqul topishdi va ularga texnik magʻlubiyat yozildi.

Guruh oʻyinlari bugun yana davom ettiriladi. Ertaga chorak va yarim final uchrashuvlari oʻtkazilsa, 7-sentyabr kuni uchinchi oʻrin va final oʻyinlari tashkil etiladi. Gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar va maxsus Kubok bilan taqdirlanadi.