Sohil futboli g‘oliblari aniqlandi
Mo‘ynoq tumanida sohil futboli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda respublika hududlaridan 9 ta jamoa ishtirok etdi va musobaqa g‘olibligi uchun o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan chempionat yakunida Qo‘ng‘irot tumani jamoasi birinchi o‘rinni egallab, chempion bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kegeyli va Mo‘ynoq tumanlari jamoalari egalladi.

Chempionat yakunida g‘oliblar tashkilotchilarning maxsus diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri