Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
13:44 / 2023-01-19

Bugun Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida Tailandda o‘tadigan sohil futboli bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston "B" guruhida BAA, Eron va Malayziya termalariga qarshi bahs olib boradi.  

Shuningdek, qur’a natijasida "A" guruhidan Tailand, Bahrayn, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni joy olgan bo‘lsa, "C" guruhida Yaponiya, Livan, Xitoy, Indoneziya, "D" guruhida Ummon, Falastin, Kuvayt va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari bahs yuritadigan bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur Osiyo kubogi bahslari joriy yilning 16-26 mart kunlari Tailandning Pattayya shahrida tashkil etiladi.    

T.Ro‘ziyev, O‘zA