Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sohil bo‘yi ko‘ngilochar maskani”da ish qizg‘in
16:03 / 2025-11-17

Prezident topshirig‘i amalda

Prezidentimizning 2024 yil 31 may – 1 iyun kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Jondor tumanidan o‘tuvchi “Buxoro zovuri” bo‘yida “Sohil bo‘yi ko‘ngilochar maskani” loyihasi barpo qilish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. 

Inshootda ayni kunda “Qorako‘lmaxsussuvpudrat” MCHJ tomonidan yer tayyorlash, betonlashtirish ishlari yakunlangan bo‘lib, kanalning ikki qirg‘og‘ida jami 500 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazib, parvarishlanmoqda.

Bunda aholining bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi, hordiq olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish, salqin ichimliklar, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini qurib foydalanishga topshirish, shuningdek, bunda mavsumiy katamaran va boshqa qayiqlar xizmatini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Mazkur dam olish majmui umumiy qiymati 20 milliard so‘mga teng bo‘lib, bir kunda 500 mijozga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi. Yaqin oylarda qurib bitkazilib, to‘liq ishga tushirilishi mo‘ljallangan loyihaning ahamiyati, mahalliy byudjetga 720 million so‘m daromad kirim qilinishi, muhimi, bunda 120 nafar fuqaroning ish bilan ta’minlanishi ko‘zlangan.

Zamonaviy andozada quriladigan mazkur sohilbo‘yi dam olish, ko‘ngilochar maskani qirqdan ortiq tadbirkorlik sub’ektining savdo va xizmat ko‘rsatish manziliga aylanishi, mehmonlar va hatto, xorijiy sayyohlarga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatilishi barobarida, hudud mikroiqlimini shakllantirishda ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Albatta, sohilbo‘yi tungi yoritish chiroqlari, to‘lig‘icha himoya to‘sig‘i, temir panjaralar bilan o‘ralib, bunda piyodalar yo‘laklari ham barpo qilinadi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.