«Sohibqiron kubogi»da to‘rtinchi tur boshlandi
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida IV «Sohibqiron kubogi» xalqaro shaxmat turnirining uchinchi tur uchrashuvlari yakunlandi.
Shveysarcha tizimda 9-turdan iborat bo‘lgan mazkur musobaqaning «A» guruhida ukrainalik Aleksander Moisenko, shvetsiyalik Vitaliy Sivuk va hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov bir xil 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va to‘rtinchi tur oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.
«B» guruhida hamyurtimiz Mahmadjon Sultonmurodov va 10 shaxmatchi 3 ta turda g‘alaba qozonib, 3 ochko jamg‘ardi.
Ayni damda «Sohibqiron kubogi»da 4-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA