Andijonda “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yosh avlodni jismonan barkamol, mard, jasur va vatanparvar etib tarbiyalash, harbiy sport turlari bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida ta’lim muassasalari tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.



Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabining “Sohibqiron” jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin Andijon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining “Yosh gvardiyachilar”, uchinchi o‘rin Andijon shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatning “Sagaris” jamoalariga nasib etdi.




Musobaqa viloyat bosqichining g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F. Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari