Sohibqiron Amir Temurning 688-yillik tavalludi nishonlandi (+video)
Bugun, 9-aprel poytaxtimizdagi Amir Temur haykali poyida davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at namoyondalari, ijodkorlar ishtirokida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Harbiy orkestr tomonidan milliy va jangovar kuylar ijro etildi.
Ulug‘ bobomiz tavalludiga bag‘ishlangan gul qo‘yish marosimidan so‘ng, Temuriylar tarixi davlat muzeyida "Temuriylar Renessansi: tarix, tadqiqotlar va muammolar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/naK6krkO0f4" title="Sohibqiron Amir Temurning 688-yillik tavalludi nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA