Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sohibjamol va Maxluq” ilk bor qoraqalpoq tilida
12:09 / 2022-01-31

Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida Sharl Perroning “Sohibjamol va Maxluq” spektakli premerasi bo‘lib o‘tdi. Spektakl rejissyor Umirbek Bekturg‘unov tomonidan sahnalashtirildi.

– Ushbu mashhur asar ilk marotaba qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib, teatrimiz sahnasida namoyish etilmoqda, - deydi rejissyor Umirbek Bekturg‘unov. – Spektakl qahramonlarini multfilm orqali yaxshi taniydigan yosh tomoshabinlar endi ularni sahnadagi talqinini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Taassurotlar ham shunga yarasha, yanada boy bo‘lmoqda. Teatrimizga tashrif buyurayotgan bolajonlar bilan birga, ularning ota-onalari ham mazkur asarni miriqib tomosha qilmoqda. Bundan jamoamiz juda xursand.

[gallery-5608]

Spektaklda bosh qahramonlar – Bell obrazini Inkar Sarsenboyeva, Maxluq obrazini Fozil To‘laganov, Gaston obrazini aktyor Daliboy Boynazarov yuksak mahorat bilan ijro etgan.



Maqsad HABIBULLAEV(surat), O‘zA