Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohadagi xizmatlar sarhisob qilindi
15:35 / 2024-10-14

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi brifingida joriy yilning to‘qqiz oyida hudud bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va natijalar sarhisob qilindi.

Xususan, yil boshidan boshqarma tomonidan jami 9,3 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblandi. Shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 4,2 trillion so‘m imtiyozlar berildi.  Imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlar asosan transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metall xomashyolar tashkil etadi.  

Qariyb 1 milliard 670 million dollardan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo‘naltirildi.  Meva va sabzavot, transport va uning ehtiyot qisimlari, kalava ip, to‘qimachilik mahsulotlari Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Afg‘oniston va Belgiya kabi davlatlarga eksport qilingan.  Bojxona postlarida to‘qqiz oy davomida jami 103 ming 976 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.  

Tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha bo‘linma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashda 53 ta holatda 46,8 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.  

Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha 2 ming 431 ta holatda 47 milliard so‘mga teng tovarlar ushlab qolindi.  Aholi salomatligi muhofazasini ta’minlash maqsadida viloyat bojxonachilari tomonidan qiymati 3 milliard 690 million so‘mlik 490 ming 704 ming dona sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.  

Ayni paytda xodimlar tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘liq ta’minlash, mahsulotlarni qayta ishlash yo‘nalishini kuchaytirish orqali eksportni ko‘paytirish, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Shuningdek, “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini yanada keng qo‘llanilishini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirish borasida yil boshidan viloyat bojxona boshqarmasida ishchi guruh tashkil etilib, hududda joylashgan 117 ta tashkilotlarga borgan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.    

A.Musayev,O‘zA.