English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
09:31 / 2024-02-08

FOTOREPORTAJ

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda 2023 yilda ijro etish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3 yanvardagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan axborot berildi.  

So‘ng ishtirokchilar boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirib o‘tildi. Xususan, o‘tgan yilda 4,4 trillion so‘mlik 421 ming 55 ta hujjat ijro etildi. Boshqarmaning tumanlararo bo‘limi tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llagan holda masofadan turib, 122 ming 638 ta hujjat ijrosi ta’minlandi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 82,8 milliard so‘m yo‘naltirildi. 2023 yilda viloyatda mazkur daftarlarga kiritilgan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami yo‘naltirilgan mablag‘ning salmoqli qismi aynan davlat ijrochilari tomonidan undirilgan mablag‘ni tashkil etdi.  

Ta’kidlanganidek, 2023 yilda nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, boshqarma, shahar va tumanlar ish yurituvida nomulkiy tusdagi 1 ming 895 ta hujjatning 500 tasi bola bilan uchrashtirish va bolani olib berish, 591 tasi qurilma buzish va yer uchastkalarini noqonuniy egalikdan qaytarib olish, 774 tasi uyga kiritish va uydan chiqarish va 30 tasi ishga tiklash ijro hujjatlarini tashkil etdi. Bu toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 1 ming 137 ta hujjatning ijrosi ta’minlandi.

Jarayonda aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy to‘lovlarni undirib borish masalasiga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Hozirda ish yurituvda 25 mingdan ortiq aliment va moddiy ta’minotga oid ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida jami 84,7 milliard so‘m aliment pullari undirib berildi.  

[gallery-15850]

Aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash borasida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari natijasida aliment to‘lovchi fuqarolar tomonidan farzandlari voyaga yetguniga qadar yoki 5 yil muddatga oldindan to‘lov qilish holatlari ko‘paymoqda. Xususan, o‘tgan davr ichida 1,8 milliard so‘mlik uy-joy va transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov vositasi sifatida berildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga soha xodimlari tomonidan batafsil javob qaytarildi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA