Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
16:29 / 2023-08-04

FOTOREPORTAJ

Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyat filiali tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida soha rivoji yo‘lida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan anjuman o‘tkazildi.  

Termiz shahridagi san’at saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashchilar dastlab, Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali tomonidan tashkil etilgan tez tibbiy yordam avtotransport vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, soha rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.  

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda viloyat bo‘ylab tez tibbiy yordam bo‘yicha yagona elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2022-2025 yillar davomida tizimdagi barcha eskirgan mashinalar bosqichma-bosqich zamonaviy avtomobillarga almashtirilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, 2022 yilda 890 ta eski avtomobil yangisiga almashtirildi, 2023 yildan boshlab esa har yili 450 tadan yangi avtomobillar xizmatga qo‘yiladi. Shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati sifatini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda mahalliy va ilg‘or xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni maqsadda Janubiy Koreyaning “KOFIH” jamg‘armasi bilan ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.  

[gallery-13023]

So‘nggi yillarda filial xodimlari “Tashabbusli byudjet” portalida ham faol qatnashib, qator loyihalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lmoqda. Jumladan, 2023 yilning birinchi mavsumida “Open budget” orqali filialning Sho‘rchi tuman stansiyasiga qo‘shimcha bino va inshootlar qurish bo‘yicha 1 milliard 200 million so‘mlik loyiha yutib olindi.  

Anjuman davomida Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyat filiali xodimlariga xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida skuterlar topshirildi. Shuningdek, soha faxriylari munosib taqdirlandi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA