Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soha xodimlari taqdirlandi
11:01 / 2023-08-31

Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi ichki ishlar tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator xodimlar davlatimizning yuksak mukofoti va IIVning ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirni viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov ochib, yig‘ilganlarni mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasblariga ulkan zafarlar tiladi.  

Taqdirlash marosimida Prezidentimizning farmoniga ko‘ra taqdirlangan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan viloyat IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Ziyod Iminov, “Shuhrat” medali bilan IIBB yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Adham Kuliboyev, “Do‘stlik” ordeni bilan Bosh boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi, iste’fodagi general-mayor Sayfulla Asadovning mehnatlari alohida e’tirof etildi.  

Shuningdek, bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligining 1-2-3 darajali “Benuqson xizmatlari uchun” 8 nafar, “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan 2 nafar, “Faxriy yorlig‘i” bilan bir nafar, “Esdalik qo‘l soati” bilan 2 nafar xodimlarga mukofotlar tantanali topshirildi.  

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan 40 nafar xodimga ipoteka kreditlari asosida turar joy sotib olishi uchun dastlabki badal pullari ajratilgan vaucherlar tarqatildi. Yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgani uchun 280 nafardan ortiq xodimlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan bo‘lsa, 128 nafar xodimlarning ilgari berilgan intizomiy jazolari muddatidan oldin olingani e’lon qilindi.  

Xodimlarning xizmatdagi samarali faoliyatlari va buning ortidan erishilayotgan natijalar shaxsiy tarkibga o‘rnak bo‘lishi, har bir xodim shunday mukofotlarga loyiq bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Bayram dasturining badiiy qismi el suygan san’atkorlar chiqishlari bilan davom etdi.  

A.Musayev,  

O‘zA.