FOTOREPORTAJ
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan soha xodimlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi fondi (UNFPA) hamkorligida Namangan, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv kurslari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlash” mavzusida tashkil etildi.
[gallery-25756]
O‘quv kursida “Inson” markazi direktorlari hamda xodimlari, ijtimoiy xodimlar, shu bilan birga tuman profilaktika inspektorlari, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassislari, ayollarni reabilitatsiya qilish markazi mutaxassislari, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA