Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soha vakillari taqdirlandi (+video)
17:13 / 2025-04-15

Bugun, 15 aprel – Madaniyat va San’at xodimlari kuni munosabati bilan Yunusobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir tumanda faoliyat olib borayotgan san’at va madaniyat sohasi vakillarining serqirra mehnatini munosib qadrlash, ularga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni namoyon etish maqsadida tashkil etildi.   

Tadbir davomida tantanali tabrik so‘zlari, hayot va ijod yo‘lida namunali faoliyat ko‘rsatgan soha fidoiylariga bag‘ishlangan lirik kuy-qo‘shiqlar yangradi. Farog‘atli muhitda o‘tgan mazkur uchrashuv mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.   

Tuman hokimining o‘rinbosari tadbirda qatnashib, soha fidoyilarini bayram bilan samimiy tabrikladi va ularning xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, u bayram munosabati bilan tayyorlangan esdalik sovg‘alarini shaxsan o‘z qo‘llari bilan egalariga topshirdi.   

Bunday tadbirlar nafaqat madaniyat va san’at sohasi xodimlarini rag‘batlantiradi, balki jamiyatda ularning o‘rnini yanada yuksak baholashga xizmat qiladi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/jjvDF9i8I48" title="Soha vakillari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA