Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soha istiqboli muhokama etildi
12:09 / 2023-08-02

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda uyushma tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 iyuldagi Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar, respublikamizning barcha hududlarida pillachilik tizimidagi imkoniyatlarni qayta ko‘rib chiqish, investitsion loyihalarni kuchaytirish va band bo‘lmagan aholining bandligini ta’minlash masalalari muhokama etildi.  

Shuningdek, yig‘ilishda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2023 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi.  

Qo‘mita raisi tomonidan sohadagi “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, yangi imkoniyatlar ustida ishlash va tarmoqni yanada rivojlantirish borasida topshiriqlar berildi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA