Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soha fidoyilari taqdirlandi
15:59 / 2023-10-03

Toshkent davlat transport universitetida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida ota-onalar forumi, professor-o‘qituvchilarni taqdirlash, “Ehtirom – 2023” tanlovi g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda universitetda 9 ta fakultet, 41 ta kafedra bo‘lib, jami 618 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga dars beradi, shulardan 73 nafari fan doktori – professorlar va 203 nafari fan nomzodi – dotsentlar bo‘lib, ilmiy salohiyat 45 foizni tashkil etadi. 

Universitetda jami 20 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda. 2023 yili universitetni 2906 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi.

Oliy ta’lim sohasida faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli bilim olishida o‘zining fidokorona mehnatlari bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir qator soha fidoyilari taqdirlandi.

[gallery-13849]

Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan “Ota-onalar forumi”da ishtirok etgan ota-onalaga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir konsert dasturi bilan davom etdi.

N.Bozorova, D.Ernazarov, O‘zA