FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatining Oltiariq hamda Beshariq tumanlarida so‘lim tabiat qo‘ynida joylashgan sanatoriylar yilning to‘rt faslida ham gavjum. Keyingi yillarda ushbu yo‘nalishda xususiy tarmoq faoliyati jadal rivojlanayotgani qulay tadbirkorlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlik yaratilgani samarasidir.
Beshariq tumanida joylashgan “RAPQON MEDLINE” sihatgohi o‘tgan yili ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy loyiha qiymati 3 milliard so‘mni tashkil etadi.
- 400 o‘ringa mo‘ljallangan sihatgohimizda oshqozon, buyrak kasalliklari profilaktikasida foydali bo‘lgan ma’danli suv, fizioterapiya, tuz, hijoma singari 20 ga yaqin davolash turlari yo‘lga qo‘yilgan, - deydi bosh shifokor Jahongir Ro‘zmatov. - Shu sababli sihatgohga mamlakatimizning barcha hududlari, qo‘shni davlatlar, hatto Turkiyadan ham davo istab kelishmoqda.
[gallery-22067]
Bu yerda 130 kishi bandligi ta’minlangan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA