Surxondaryo viloyatining Angor tumanida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish marafoni tashkil etildi.
Prezidentimizning 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va boshqa ishtirokchilar besh ming qadam piyoda yurib, sog‘lom turmush tarzi hamda jismoniy faollikni keng targ‘ib qildi. Ijtimoiy profilaktika samaradorligini kuchaytirib, jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga e’tibor qaratdi.

Tumanda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Hududlarda xavfsiz muhit yaratish yo‘nalishida bajarilgan ishlar va ularning natijadorligini tahlil qilib borish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Marafon tumanning markaziy stadionida jismoniy mashqlar va sport mashg‘ulotlari bilan yakunlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA