Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda tibbiyot xodimlari o‘rnak bo‘lishi kerak
18:42 / 2021-11-27

Mamlakatimizda keyingi yillarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish, har bir oila va inson hayotida bunday qadriyatlar doimiy an’anaga aylanishi uchun izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan soha xodimlari o‘rtasida haftaning seshanba va shanba kunlari “Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam!” aksiyasi tobora ommalashib bormoqda. Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyining keng va orasta xiyobonida besh ming qadam yurilib, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

– Xalqimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda tibbiyot xodimlari barchaga o‘rnak bo‘lishi kerak, – deydi Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov. – Shu bois soha xodimlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Sport musobaqalari, profilaktik suhbatlar, turli aksiyalar uyushtirilmoqda. Viloyat hokimligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘z vaqtida muhim tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilgani tufayli bugungi kunda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat barqaror. Ammo biz xotirjamlikka berilmasligimiz zarur. Chunki mamlakatimizda butun dunyoda pandemiya xavfi hali to‘liq bartaraf etilgani yo‘q.

Kasallikning oldini olishda sportning ahamiyati beqiyos. To‘g‘ri ovqatlanish, yurish, sayr qilish salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ta’kidlash o‘rinliki, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari tashabbusi bilan bu kabi tadbirlar viloyatning har bir shahar-tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

[gallery-4838]

M.Sulaymonov,  

M.Qodirov(surat), O‘zA