Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom turmush tarzi sportga bog‘liq
10:48 / 2021-09-06

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ta’lim muassasasi tinglovchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tinglovchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida “Sport sog‘ligimiz garovi” mavzuida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Sportning milliy kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish, yengil atletika (4X100 metrga estafetali yugurish), stol tennisi, AK avtomatini va PM pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish kabi turlari bo‘yicha 200 nafarga yaqin tinglovchilar ishtirokidagi musobaqalar jarayonida xodimlarning jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazishda sportning o‘rni borasida fikr-mulohazalar tinglandi.  

 – Davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida tizim xodimlarining kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish masalasi ham alohida ustuvor vazifa etib belgilangan, – deydi IIV Malaka oshirish instituti o‘qituvchisi, podpolkovnik Murodxon To‘rayev. – Binobarin, har bir xodim va tinglovchining faoliyatida jismoniy va intellektual salohiyat muhim ahamiyatga ega. Ayni kunlarda institutimizda sport to‘garaklari tashkil etilgan. Bu to‘garaklarda institutda xodimlar va tinglovchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida ular o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish an’anaga aylangan.  

 G‘olib jamoalar va tinglovchilar esdalik sovg‘alari, diplom va medallar bilan taqdirlandi.  

 Gulnoza Boboyeva, O‘zA