Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom turmush tarzi sari ilk qadamlar bog‘chadan qo‘yiladi
15:43 / 2020-11-19

bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni jadal rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu borada muhim qadam bo‘ldi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy o‘quv yurtlari hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish alohida belgilab o‘tilgan.

Mazkur farmon asosida ilk marotaba O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) hamkorligida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari sport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy bolalar uchun pedalsiz velosipedlar (begovellar) bilan ta’minlash, “O‘zbekistonda birinchi bolalar velopoygasi”ni o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon Makgregor ishtirok etdi. Rasmiylar yangi tashabbusning mamlakatimizda ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, uning o‘rni haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tdi. Shundan so‘ng tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga shart-sharoit yaratish, respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich bolalar uchun pedalsiz velosipedlar (begovellar) bilan ta’minlash, tomonlar o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlikni kengaytirishdan iborat.