Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlikning muhim omili
16:59 / 2021-04-09

Andijon viloyatida aholi salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshu keksani jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish maqsadida “Salomatlik oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik tadbirlarida Oltinko‘l tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Ular doimiy ravishda tashkil etayotgan ertalabki badantarbiya mashqlari bilan tuman ahliga namuna bo‘lmoqda. Ko‘ngillilarning “Musiqiy gimnastika”, “Nafas mashqlari” va “Salomatlik uchun 5000 qadam” mashg‘ulotlariga qiziqish bildirayotgan tobora ortmoqda.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA