Andijonda “Sog‘lom turmush tarzi sari” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tizimidagi tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarining ko‘ngilli xodimlaridan tuzilgan targ‘ibot guruhlari a’zolari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi sari” aksiyasi doirasida viloyatdagi namunali mahallaga aylantirilayotgan 72 ta mahallada o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholi vakillari bilan muloqot va suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Muloqotlarda mutaxassislar tomonidan fuqarolarning, ayniqsa, uy bekalari va yoshlarning tibbiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish xususida keng tushuncha va ma’lumotlar berilmoqda, mavzuga oid bukletlar, uslubiy qo‘llanmalar tarqatilmoqda.
Shuningdek, boshqarmasi tasarrufidagi 52 ta ta’lim muassasasida namunali mahallaga aylantirilayotgan mahallalarda yashovchi ishsiz aholi vakillari va yoshlar uchun 49 ta kasb bo‘yicha bepul qisqa qurslar tashkil etildi. Ish bilan band bo‘lmagan aholi vakillari, ayniqsa, yoshlarni ana shu kurslarga jalb etish bo‘yicha ham zarur targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda reja asosida doimiy ravishda o‘tkazib borilishi belgilangan.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA