Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom raqobat – rivojlanish kafolati
18:18 / 2026-02-10

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda boshqarmaning 2025 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan davrda boshqarmaga jami 3 ming 552 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 85 foizi qanoatlantirilgan, 296 tasiga tushuntirish berilgan, 147 tasi rad etilgan, 40 tasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Boshqarma tomonidan tuman va shaharlarda muntazam sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari o‘rganib kelinmoqda.

Shuningdek, hududdagi jami 49 ta korxonaning yuqori likvidli mahsulotlarini birja savdolariga qo‘yilishi va sotilishi bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatilgan. Bugunga qadar jami 37 ta tovar (ish, xizmatlar) bozorlarida o‘rganish va tahlillar o‘tkazildi hamda tahlil natijalari bo‘yicha takliflar qo‘mitaga kiritildi. Davlat xaridlari yuzasidan boshqarma tomonidan umumiy boshlang‘ich narxi 1 ming 69 milliard so‘mlik 1 ming 339 ta davlat xaridi o‘rganildi. Shu asosida qonunchilik talablari buzilish holatlari yuzasidan 768 ta xarid bo‘yicha jami 96 ta ish qo‘zg‘atilgan.  

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish-tahlillar natijasida jami 27 milliard 755, 7 million so‘m iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilingan. Jumladan, Bo‘stonliq va Qibray tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatayotgan “Rahnamo servis” MCHJ tomonidan tegishli mablag‘lar 15 ming 177 nafar iste’molchiga, Parkent, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren shahri aholisiga xizmat ko‘rsatayotgan "ZERO-WASTE" MCHJ tomonidan tegishli mablag‘lar 37 ming 236 ta iste’molchiga qayta hisoblangan.

Toshkent viloyatida tashqi reklama va tashqi targ‘ibot vositalarini monitoring qilish ishlari natijasida 85 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Hisobot davrida bu yo‘nalishda ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli 6,2 milliard so‘m miqdoridagi moliyaviy jarimalar undirildi.  

– Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilgan o‘rganishlar davomida "jasjan_new"," amirxan_uzbek", "sevinchka_0000"," Ruzmatova_uttaguzal", "Hojiakbar_ku" nomi ostida faoliyat yuritadigan blogerlarga o‘z sahifalarida qimor va tavakkalchilikka asoslangan reklamalarni joylashtirgani sababli “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Shu bilan birga, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni maxsus litsenziyaga ega bo‘lmasdan amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli choralar ko‘rildi, – deydi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Murodjon Umarov.  

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob oldi.  

A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA