Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom ona va sog‘lom bola – jamiyat tayanchi
12:21 / 2025-10-25

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi Termiz tumani tibbiyot birlashmasida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash, reproduktiv salomatligini monitoring qilish, oilalarning tibbiy madaniyatini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati, zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu ishlar bosqichma-bosqich uzviylik bilan hayotga joriy etilgani onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida o‘z samaralarini berayotgani qayd etildi. Eng ilg‘or tajribalarga asoslangan ona va bola skrining xizmati, perinatal muassasalar tarmog‘i yaratilgani homilador ayollar va chaqaloqlarni perinatal hamda neonatal skriningdan o‘tkazish orqali ularda tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash yo‘lga qo‘yilgani, ayollar sog‘lom bo‘lsa sog‘lom farzandlar dunyoga kelib, jamiyat sog‘lom bo‘lishi xususida fikr almashildi.

Shu kuni tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ikki yuzdan ortiq kishining sog‘ligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Turli xastalik aniqlangan bemorlarga tibbiy maslahat berilib, sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilindi. Tibbiy bilim va madaniyatini oshirish, kasalliklarni ilk davrida aniqlab, davolash choralarini ko‘rish tavsiya etildi. 22 nafariga bepul davolanish uchun maxsus yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik jarayonida malakali shifokorlar aholi vakillariga sog‘lom ovqatlanish, kasalliklarning alomatlari, doimiy profilaktik tekshiruvlarning ahamiyati haqida ham atroflicha ma’lumot berdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri