Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom ona sog‘lom jamiyatdir
15:15 / 2025-08-13

Qibray tumanida Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy e’tibor erta tug‘ruqlar, nogiron farzandlar tug‘ilishini oldini olish va ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash kabi dolzarb muammolar haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati, shahar va tuman hokimliklarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tibbiyot birlashmalari rahbarlari,  maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi, prokuratura hamda ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida erta tug‘ruqlarning oldini olish maqsadida oilaviy va maktab yoshidagi qizlarga to‘g‘ri tushunchalar berish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, nogironlikka sabab bo‘luvchi tug‘ma kasalliklarni barvaqt aniqlash va bu borada perinatal tekshiruvlarni joriy etish borasida so‘z yuritildi. 

Ta’kidlanishicha, hozir Toshkent viloyatida 15 yoshdagi qizlar soni 79 ming 529 nafar bo‘lib, ularning 99,5 foizi tibbiy ko‘riklarga jalb qilindi. Hozirda, onkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida joylardagi Ko‘p tarmoqli poliklinikalarda 30-65 yoshli ayollarni belgilangan tortibda shifokorlar tekshiruvdan o‘tkazmoqda. 

2025 yilning 6 oyi davomida bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha 90 nafar va ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha 123 nafarda kasalliklar erta aniqlandi. Ularga davolanish uchun zarur choralar ko‘rildi. Nogiron farzandlarning oldini olishda homilador onalar perinatal skrining tekshiruvlardan o‘tkazilib, tegishli tibbiy muolajalar qilindi. 

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi hamda muammolarni bartaraf etishda tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish borasida o‘zaro kelishib olindi. 

A.Musayev, O‘zA.