FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida ayni mavzuda keng qamrovli tadbir o‘tkazildi.
Aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda tuman hokimligi, xotin-qizlar faollari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari qatnashdilar.
[gallery-12734]
Dastlab tuman markaziy o‘yingohida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni hamda badantarbiya mashg‘ulotlari, so‘ng mavzu doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.
“Xotinqumi” MFY hududidagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 8-umumta’lim maktabida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mahallada tashkil etilgan “Salomatlik maktabi” faoliyati bilan tanishgan tadbir ishtirokchilari oila hamshiralari va mahallaning faol ayollari bilan sog‘lom hayot targ‘iboti yuzasidan suhbatlashdi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA